Web-sayt atamasi har kuni bir necha marta qulog’imizga chalinadi. Ushbu so’z internet manzil ekanligini bilamiz-u, ammo web-sayt tushunchasi, uning asl mohiyati, nima uchun kerakligi, nega bu qadar ommalashib borayotganligi va balki o’zimiz ham saytimizga ega bo’lishimiz kerakligi haqida o’ylab ko’rmaymiz.
Web sayt - ma`nosi
Sayt yoki web-sayt inglizcha website: web – «o’rgimchak to’ri, tarmoq» va site – «joy, segment, tarmoqning bir qismi» degan ma’nolarni anglatadi.
Sayt – bu bitta domen nomidan foydalanadigan, bir-biriga bog’langan web-sahifalar to’plami. Web-saytlar shaxs, guruh, korxona yoki tashkilot tomonidan turli maqsadlarda yaratilishi mumkin. Barcha ommaviy web-saytlar butun dunyodagi internet to’rini tashkil qiladi.
Web sayt - turlari
Ayni paytda turli xil web-saytlar mavjud: Korporativ, ta’lim, yangiliklar, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar, elektron tijorat saytlari,Onlayn-do’konlar, bloglar, lendinglar va h.k.
Hozirda mijozlarga xizmat ko’rsatuvchi va o’z mahsulotlarini taklif etuvchi shaxslar, kompaniya va tashkilotlar o’z web-saytlariga egalar. Ho’sh, internetdagi sayt ular uchun nega keak?
Kompaniya yoki shaxs haqidagi batafsil ma’lumotlarni taqdim etadi !
Mijozlarni jalb qiladi !
Mijozlarga xizmatlarni online ko’rsatadi !
Axborot almashish vositasiga aylanadi !
Kompaniya imidji haqida internet foydalanuvchilariga ma`lumot beradi !
SAYT TARKIBI NIMALARDAN IBORAT?
Domen nomi (domen) – manzil, masalan: CleverSoft.uz, bu erda uz – domen zonasidir.
Server (xosting) – internetga ulangan, web-resurs fayllari joylashgan kompyuterlar/ serverlar.